16:50 / 28.03.2017
8 719

Shavkat Mirziyoyev Toshrabot mahallasiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Toshrabot mahallasiga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev Qiziltepa tumanidagi Toshrabot mahallasiga tashrif buyurib, viloyatda yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA'ga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.

Navoiy viloyatida paxta tolasini chuqur qayta ishlash va jahon bozori talablariga mos eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy bank krediti hisobiga Navoiy shahrida “Baxt tekstil”, “Baxt Navoiy”, Qiziltepa tumanida “Toshrabot tekstil” va Navbahor tumanida “Navbahor tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan zamonaviy va energotejamkor texnologik uskunalar asosida sifatli ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Umumiy qiymati qariyb 70 million dollarni tashkil etuvchi ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlar ham jalb etilmoqda. Korxonalarga Shveysariyaning “Riter” kompaniyasida ishlab chiqarilgan yuqori samaradorlikka ega zamonaviy dastgohlar olib kelib o‘rnatiladi.

Loyiha amaliyotga tatbiq etilgach, viloyatdagi paxta tolasi to‘liq qayta ishlanadi, ip-kalavadan tayyor mato ishlab chiqarish 70 foizga, turli matolardan trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarish 50 foizga etadi. Yiliga 7,6 ming tonna sifatli ip kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega “Baxt tekstil” korxonasi mahsulotlarining 80 foizini eksportga yo‘naltirish mo‘ljallanmoqda.

Davlatimiz rahbari Karmana tumanidagi “Kamilla grup” mas’uliyati cheklangan jamiyatida Italiya texnologiyasi asosida tayyor charm ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini ko‘zdan kechirdi.

Ushbu loyiha ishga tushgach, yiliga 20 million kvadrat desimetr tayyor charm ishlab chiqarish va 3,2 million dollarlik mahsulotni eksport qilish imkoni paydo bo‘ladi. Korxonada 40 ish o‘rni yaratiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Toshrabot mahallasiga tashrif buyurdi