2 378
«Maktab ochgan odam bamisoli qamoqxonani yopgandek gap» — Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar davlatning faxri ekanini aytdi
23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchilarning o‘rnini oshirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Prezident xususiy maktablarga litsenziya berish tartibi soddalashtirilgani, ularning bitiruvchilari attestat olishiga ruxsat etilganini aytdi.
«Shu o‘rinda fransuz adibi Viktor Hyugoning bir gapini sizlarga eslatmoqchiman: «Maktab ochgan odam bamisoli qamoqxonani yopgandek gap». Bu nima degani? Maktab, ta’lim, tarbiya bor joyda bolalar yomon yo‘lga kirmaydi, jinoyat sodir etmaydi. Demak, qamoqxonalarga zaruriyat qolmaydi. Shularga qo‘shimcha qilib aytmoqchiman, nafaqat maktab ochgan balki maktabda fidoyi bo‘lib ishlagan har bir o‘qituvchi, har bir ustoz ham ana shu sharafli maqomga munosib deb aytmoqchiman.
Hurmatli o‘qituvchilar, jonkuyar maktab direktorlari, soha faxriylari, biz sizlarni el-yurtning tayanchi va suyanchi deb bilamiz. Sizlar bilan doimo faxrlanamiz», — dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi