10:49 / 26.04.2024
195

O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi

O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi
Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston intellektual mulkning huquqiy muhofazasi va himoyasi holati bo‘yicha AQSH Savdo vakili (USTR) 301-maxsus hisobotiga kiritilgan kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxatidan (qora ro‘yxat) chiqarildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston 2000 yilda ushbu ro‘yxatga kiritilgan bo‘lib, 24 yildan buyon “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”da edi.

Muayyan davlatning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”ga kiritilishi unda intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha jiddiy muammolar mavjud ekanligini ko‘rsatadi hamda bevosita xorijiy korxonalar tomonidan investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirishda alohida e’tibor qaratiladi.

Bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo mintaqasidan faqat O‘zbekiston va Turkmaniston “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”da qolib kelayotgandi.

"Mana bugun oxirgi besh yilda intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblarini soddalashtirish, ularga bo‘lgan huquqlarni samarali himoya qilish, xalqaro shartnomalarga a’zo bo‘lish va tashqi aloqalarni rivojlantirish hamda JSTning TRIPS bitimi talablarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan tizimli ishlar sabab shunday natijaga erishdik", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda AQSH Savdo vakili (USTR) O‘zbekistonning mehnat huquqlarini ta’minlash mezoni bo‘yicha AQSHning Preferensiyalar bosh tizimiga (GSP) muvofiqligini e’lon qilgan hamda Yevrokomissiya tahlillari asosida O‘zbekiston GSP+ da qatnashish mezonlariga javob beradi, degan xulosaga kelgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi