Foto: Videodan kadr
Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari ushbu MCHJga chorva mollari uchun ozuqa ekini yetishtirish maqsadida, uzoq muddatga ijara asosida berilgan 2,5 gektar yer maydonini hamda uning ukasi o‘zi rahbarlik qilayotgan paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning 17,5 gektar yer maydonini, jami 20 gektar yer maydonini o‘zaro til biriktirib, noqonuniy ravishda xaridorga 225 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.
Andijon shahrida kuzatilgan holatda 1990 va 1993 yillarda tug‘ilgan aka-uka “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” davlat korxonasining Andijon shahar filiali sobiq xodimi hamda rieltorlik xizmati ko‘rsatuvchi MCHJ rahbari bilan o‘zaro til biriktirib, o‘zganing ishonchiga kirishadi va shahar hokimligi zaxirasidagi 33 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 52 ming AQSH dollari talab qilishadi. Ammo, ular so‘ralgan pul mablag‘ini MCHJ rahbarining xonasida olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD hamda IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qamashi tumanida yashovchi shaxs o‘zini go‘yoki tuman kadastr bo‘limi xodimi deya tanishtirib, Ko‘kdala tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kiradi va boshqa bir fuqaroga tegishli bo‘lgan 40 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 12 ming AQSH dollari va 98 mln 800 ming so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi