Arxiv foto
Foto: Videolavhadan skrinshot
Quva tumanida ikki guruh «ko‘cha bolalari» o‘rtasidagi mushtlashuv bir yigitning o‘limi bilan yakun topdi. Voqelik 1 noyabr kuni kechasi sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Manbamizga ko‘ra, ikki o‘smir «gap talashib» qoldi. Keyin qoq yarim tunda «chetroq joyga chiqib», munosabatlariga oydinlik kiritishga kelishadi. Yigitlar belgilangan joyga bir o‘zlari kelmaydi: biri besh nafar, ikkinchisi sakkiz nafar «hammasligi» bilan tashrif buyuradi. Natijada kelishmovchilik battar kuchayib, ikki guruh o‘rtasida olatasir mushtlashuv yuz beradi. Buning oqibatida bir yigit olgan jarohati sabab vafot etadi.
Aytishlaricha, ommaviy mushtlashuv ishtirokchilarining aksariyati Quva tumanining temiryo‘l stansiyasi atrofidagi «krutoy»lar ekan...
Hozircha voqelikka tegishli organlar bayonot bergani yo‘q. Biroq manbamizga ko‘ra, holat yuzasidan allaqachon Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qismi bilan (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘ladigan darajada qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) «ish» qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi