18:30 / 17.12.2019
3 441

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida yangi yo‘nalish ochiladi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida yangi yo‘nalish ochiladi
O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ‘Tarbiya’ fani bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish choralari to‘g‘risida»gi bo‘yicha qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Hujjatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:

- oliy ta’lim muassasalaridagi «Boshlang‘ich ta’lim», «Tarix», «O‘zbek filologiyasi», «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq», «Pedagogika va psixologiya» yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 2019—2020-o‘quv yili bitiruvchi kurslarining o‘quv reja, dastur va malaka talablariga «Tarbiya» fanini o‘qitish huquqini beruvchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi;
- 2020—2021-o‘quv yilidan pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» yo‘nalishi o‘rniga «Tarbiya va huquq ta’limi» yo‘nalishini ochish choralarini ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida yangi yo‘nalish ochiladi