Saida Rametova qaysi aktrisani yoqtiradi? Ochiq javob

Saida Rametova qaysi aktrisani yoqtiradi? Ochiq javob
Qisqacha

Saida Rametova eng yaxshi ko'rgan aktrisalari sifatida Dilnoza Kubayeva va Lola Eltoyevani tilga oldi. U "Hayot va hayol yo'llari" ko'rsatuvidagi suhbatda hayoliga kelgan so'z "Omad" ekanini aytdi. Aktrisa o'zini omadli deb hisoblashini ham ta'kidladi.

Saida Rametova “Hayot va hayol yo‘llari” ko‘rsatuviga bergan intervyusida samimiy va qiziqarli javoblari bilan e’tiborni tortdi.

Suhbat davomida boshlovchi undan: “Eng yaxshi ko‘rgan aktrisangiz kim?” deb so‘radi. Saida Rametova hech ikkilanmay, Dilnoza Kubayeva va Lola Eltoyevani alohida hurmat qilishini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng boshlovchi: “Hayolingizga kelgan bitta so‘zni ayting”, deya savol berdi. Aktrisa bir oz o‘ylanib, qisqa va lo‘nda qilib: “Omad”, deya javob berdi.

Bu javobdan so‘ng boshlovchi suhbatni davom ettirib: “Omadlimisiz yoki omadga muhtojmisiz?” deb yana savol yo‘lladi. Aktrisa esa ishonch bilan: “Omadliman”, deya javob qaytardi.

Boshlovchi hazil aralash: “Demak, siz o‘zingizni aytdingiz, shundaymi?” deya qiziqdi. Saida Rametova esa kulimsirab, “Ha”, deya suhbatni yakunladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar