Benavidez Aleksandr Usikni zamonamizning eng kuchli bokschisi deb atadi

1 daqiqa o'qish316
Benavidez Aleksandr Usikni zamonamizning eng kuchli bokschisi deb atadi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • WBC chempioni Devid Benavidez Aleksandr Usikni hozirgi avlodning eng kuchli va raqobatsiz bokschisi deb atadi.
  • Uning fikricha, Usik ketma-ket ikki katta jangda g‘alaba qozonib, o‘z darajasini yanada mustahkamlagan va hozir hech kim uning saviyasiga yaqinlasha olmaydi.
  • Benavidez Usikning birinchi og‘ir vazndan og‘ir vaznga o‘tib, shubhalarga qaramay muvaffaqiyat qozonganini alohida ta'kidladi.

Yarim og‘ir vazn toifasidagi WBC chempioni Devid Benavidez ukrainalik mashhur charm qo‘lqop ustasi Aleksandr Usik haqida juda yuqori fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, hozirgi avlod orasida Usikka teng keladigan bokschi yo‘q.

“Usik, shubhasiz, bugungi kunning eng kuchli va raqobatsiz bokschisi. U ketma-ket ikki katta jangda g‘alaba qozondi va shu bilan o‘z darajasini yanada mustahkamladi. Menimcha, hozir hech kim uning saviyasiga yaqinlasha olmaydi”, — deya ta’kidladi Benavidez.

U, shuningdek, Usikning karyerasidagi eng muhim bosqichlarga ham to‘xtalib o‘tdi. Avvaliga birinchi og‘ir vazn toifasida eng kuchli raqiblar bilan ringga chiqqan ukrainalik sportchi keyinchalik og‘ir vaznga o‘tib, ko‘pchilikni hayratda qoldirgan. Ko‘plab mutaxassislar uning yangi vaznda muvaffaqiyat qozonishiga ishonmagan bo‘lsa-da, Usik o‘z janglari orqali barcha shubhalarni yo‘qqa chiqardi.

"Yodingizda bo‘lsa, u birinchi og‘ir vazn toifasida ham eng kuchli raqiblar bilan jang qilgandi. Keyin og‘ir vaznga o‘tdi. O‘shanda hech kim Aleksandrning imkoniyatini yuqori baholamadi. Biroq Usik u yerda ham barchani nokautga uchratdi va shu orqali hammani lol qoldirdi", – deya Benavidezning so‘zlaridan iqtibos keltirdi "Boxing News".

Benavidez fikricha, aynan shu jasorat va barqaror natijalar Usikni zamonamizning eng ulug‘ bokschilaridan biriga aylantirgan.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Usik navbatdagi jangini afsonaviy kikbokschi Riko Verxovenga qarshi 23 may kuni Misrda o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bu to‘qnashuv ham sport muxlislari tomonidan katta qiziqish bilan kutilayotgani tabiiy.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?