Tolibjon Isroilovdan uylanmoqchi yigitlarga muhim tavsiya

Tolibjon Isroilov oila qurish arafasidagi yoshlarga kelin tanlashda qizning oilasi, ayniqsa, onasiga e’tibor berishni tavsiya qildi. Xonanda bu fikrini qat’iy ta’kidlab, uni xalq orasidagi qarash bilan izohladi. Shuningdek, u katta ishlarni erkaklar qilsa-da, ularni buyuk maqsadlar sari yetaklaydigan ayol ekanini aytdi. Uning fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Tolibjon Isroilov “Ayol qalbi” ko‘rsatuvidagi suhbati davomida oila qurish arafasida turgan yoshlarga muhim va o‘ylantiruvchi maslahat berdi.
Xonandaning ta’kidlashicha, kelin tanlashda eng muhim jihatlardan biri — qizning oilasi, xususan, onasiga e’tibor qaratishdir:
“Onasiga qarab qiz olinglar. Albatta, kuyov qilganingizda ham shunday. Onasi yaxshi bo‘lishi kerak. Buni qat’iy aytaman — kimdir rozi bo‘ladimi, qarshi chiqadimi, baribir shu fikrdaman. Bu gapni men emas, xalq aytgan. Alloh uni xalq qalbiga solgan”, — deydi u.
Shuningdek, Tolibjon Isroilov ayolning jamiyatdagi o‘rni haqida ham fikr bildirib o‘tdi:
“To‘g‘ri, dunyodagi katta ishlarni erkaklar qiladi. Ammo aynan o‘sha buyuk ishlar sari erkaklarni yetaklaydigan — ayol bo‘ladi”, — deya so‘zini yakunladi xonanda.
Mazkur fikrlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Izohlarda ko‘pchilik xonandaning gaplariga qo‘shilib, bu fikrda katta haqiqat borligini ta’kidlamoqda.






























Izohlar 0
…