Fransiya termasi yangi liboslarini taqdim etdi, ramzlar ochildi

Fransiya futbol federatsiyasi va mashhur sport brendi Nike Fransiya milliy jamoasining navbatdagi jahon chempionati uchun mo‘ljallangan yangi liboslarini rasman taqdim qildi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yangi forma nafaqat dizayn, balki chuqur ma’no va ramzlarga boyligi bilan ham ajralib turadi. Ko‘k rangdagi uy libosi yangi avlodning yuqori maqsadlar sari intilishini ifoda etsa, yashil-kulrang safar libosi “Liberte” — ozodlik g‘oyasini aks ettiradi. Ushbu obraz Fransiya va AQSH o‘rtasidagi tarixiy do‘stlikni hamda Ozodlik haykali orqali ifodalanadigan umumiy qadriyatlarni yodga soladi.


Ma’lum bo‘lishicha, futbolchilar yangi safar liboslarida 26 mart kuni Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Uy libosi esa 29 mart kuni Kolumbiyaga qarshi bahsda ilk bor namoyish etiladi. Har ikki uchrashuv AQSHda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yangi forma muxlislar orasida allaqachon katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lib, uning uslubi va ma’nosi Fransiya termasining yangi bosqichga qadam qo‘yayotganini anglatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!