O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 16 sentyabrda «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Oliy Majlis qonunchilik palatasi 12 avgustda, Senat 24 avgustda mazkur qonunni qabul qilgan edi.
17 sentyabrda OAVda e’lon qilingan qonun 6 oydan so‘ng kuchga kiradi, deb yozmoqda "Kun" nashri.
Mazkur qonun ichki ishlar organlari tizimi va tuzilmasi, ularning huquqi, majburiyatlari va vakolatlari, xodimlariga qo‘yiladigan talablarga oydinlik kiritadi. Bundan tashqari, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasiga oid masalalar hal etilgan.
Qonunda ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy vazifalari, yo‘nalishi va qoidalari mustahkamlangan. Ularning zimmasiga fuqarolarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini muhofaza qilish vazifalari yuklangan.
Aytish joizki, ichki ishlar organlariga aniq majburiyatlarni qo‘yish, ularning jamiyat va davlat oldidagi mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi. Ichki ishlar idoralari xodimlari o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Konstitusiyasi,
«Ichki ishlar organlari to‘g‘risida» qonun va boshqa qonunchilik aktlariga rioya etishlari shart.
Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarishda o‘zlarining noqonuniy harakatlarini oqlash uchun xizmat manfaatlarini ro‘kach qilishi, iqtisodiy manfaat ko‘rishi, noqonuniy talab qo‘yishi, mansabdor shaxslarning qonunga xilof buyruq va ko‘rsatmalarini bajarishlari mumkin emas.
Qonun shuningdek, inson sha’ni va g‘ururini poymol qiluvchi har qanday zo‘ravonlik, tajovuz va boshqa turli harakat va usullarni qo‘llashni ichki ishlar xodimiga taqiqlaydi.
Hujjatga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi bevosita Prezidentga, ayrim masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
Ichki ishlar vaziri bosh vazir tavsiyasiga binoan Prezident tomonidan tasdiqlanadi va Prezident tomonidan vazifasidan ozod etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi