Kelasi hafta bizni qanday ob-havo kutmoqda?

O‘zgidromet 15–22 mart kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Ma’lumotga ko‘ra, mamlakat hududlarida asosan o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi, ayrim kunlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida 21–22 mart kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol sharqiy yo‘nalishdan esib, keyin g‘arbga o‘zgarib 7–12 m/s tezlikda bo‘ladi, ayrim kunlari 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi ayrim kunlari 3 daraja sovuqdan 7 daraja iliqqacha, kunduzi esa 10–17 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 hamda 21–22 mart kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 8–13 daraja iliq, kunduzi 17–22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim kunlarda yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2–10 daraja iliq, kunduzi esa 14–22 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 7–15 daraja iliq, kunduzi 20–25 daraja iliqqa qadar ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 hamda 21–22 mart kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 17–22 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 5–15 daraja iliq atrofida saqlanishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!