date

Hafta davomida qayerlarda yomg‘ir yog‘ishi ma’lum bo‘ldi

Hafta davomida qayerlarda yomg‘ir yog‘ishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston hududining katta qismida haftaning dastlabki uch kuni asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanishi kutilmoqda.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, 16—18 mart kunlari respublikada asosan quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat 17—18 mart kunlari Surxondaryo viloyatida, shuningdek 18 martda Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19 mart kuni esa respublikaning markaziy hamda janubi-sharqiy hududlarining ba’zi joylarida yomg‘ir kuzatilishi ehtimol qilinmoqda. 20 mart kuni esa mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ushbu davr mobaynida havo harorati asosan kechalari 5—10 daraja iliq, kunduz kunlari 15—20 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Yomg‘ir kuzatilgan paytlarda esa harorat 13—15 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bunday harorat ko‘rsatkichlari mart oyi o‘rtasi uchun xos bo‘lgan ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlarga yaqin hisoblanadi.

16—17 mart kunlari respublikaning shimoliy hududlarida va cho‘l zonalarida shamol tezligi 13—18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Poytaxt Toshkent shahrida 16—18 va 20 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19 mart kuni esa vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqiy yo‘nalishdan esib, keyinchalik g‘arb tomonga o‘zgarishi va 3—8 metr/sekund tezlikda kuzatilishi kutilmoqda. Havo harorati asosan kechalari 5—10 daraja iliq, kunduz kunlari 17—20 daraja iliq bo‘ladi, 19 mart kuni esa 14—17 daraja iliq atrofida saqlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hafta davomida qayerlarda yomg‘ir yog‘ishi ma’lum bo‘ldi