Evropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov jarayonlari bo‘yicha o‘z bayonotini taqdim etdi.
Unda saylov jarayonida oshkoralikni oshirish ta’minlangani bilan birgalikda o‘tgan saylovlarda berilgan ko‘rsatmalarning barchasi ham bajarilmagani qayd etilgan.
"Saylov rahbariyati o‘z ishlarida oshkoralikni oshirish va saylovlarni kerakli darajada o‘tkazish uchun ko‘plab choralar ko‘rishgan, lekin davlat vakillarining ustunligi va inson huquqlarining cheklangani siyosiy plyuralizmning zaiflashishi va o‘z navbatida saylov tashviqoti raqobatsizligiga olib keladi", deyilgan bayonotda.
Kuzatuvchilarning xulosasiga ko‘ra, axborot vositalarida saylovning yoritilishi qattiq cheklangan va nazoratgga olingan muhitdadir.
"Axborotlarning davlat tomonidan belgilab berilgan chegaradan chiqmasligi saylovchilar muqobil nuqtai-nazarga ega bo‘lmasligiga olib keldi", deyishgan ular. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi