Metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov o'rnatildi

1 daqiqa o'qish6.8K
Metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov o'rnatildi

O'zbekistonda havo haroratining keskin pasayishi kutilayotgani munosabati bilan energiya resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida muhim qaror qabul qilindi. Unga ko'ra, 10 mart kuni soat 16:00 dan boshlab respublika bo'ylab avtomobillarga gaz to'ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga vaqtincha cheklovlar joriy etiladi.

Ushbu chora aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob'yektlarini tabiiy gaz bilan barqaror ta'minlashni birinchi o'ringa qo'yish maqsadida amalga oshirilmoqda. Mutasaddilarning ma'lum qilishicha, cheklovlar vaqtinchalik xarakterga ega bo'lib, ob-havo sharoiti barqarorlashgach, shoxobchalar yana o'z ish rejimiga qaytadi.

Haydovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun tushunish bilan munosabatda bo'lishlari so'raladi. Shuningdek, gaz taqsimlash tizimida bosimni me'yorida saqlash uchun barcha zarur choralar ko'rilmoqda. Fuqarolardan energiya tejash qoidalariga rioya qilish va isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik choralarini unutmaslik tavsiya etiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?