date

Talaba qizlarga oliy ta’lim uchun ikkinchi imkoniyat beriladi

Talaba qizlarga oliy ta’lim uchun ikkinchi imkoniyat beriladi

Homilador talaba-qizlar yoki 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan talabalarga oliy ta’lim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratish maqsadida 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab qator yengilliklar joriy etilishi belgilanmoqda.

Unga ko‘ra, kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan chiqarilgan shaxslarga istisno tariqasida, fanlar farqini qayta o‘zlashtirish sharti bilan ta’limni davom ettirish imkoni beriladi.

Shuningdek, talabalarga fanlar farqini mustaqil ravishda o‘zlashtirishi uchun qo‘shimcha muddat ajratilishi va buning uchun boshqa zarur shart-sharoitlar ham yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uch oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga bir qator takliflarni kiritishi lozim bo‘ladi.

Jumladan, homilador talaba-qizlar yoki 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan band talabalarga akademik ta’til davrida, o‘z xohishiga ko‘ra, masofaviy ta’lim shaklida o‘qishni davom ettirish imkoniyatini yaratish taklif etiladi.

Shu bilan birga, masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari va qabul ko‘rsatkichlarini oshirish orqali ham ushbu toifadagi talabalar uchun ta’limni davom ettirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish rejalashtirilmoqda.

Yana bir muhim jihat — akademik ta’tilga chiqqan, kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan chiqarilgan homilador talaba-qizlar hamda 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan talabalar bo‘yicha alohida statistik ma’lumotlar yuritilishi ham takliflar qatoriga kiritilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Talaba qizlarga oliy ta’lim uchun ikkinchi imkoniyat beriladi