Soliq tekshiruvlari tartibiga o‘zgarishlar kiritildi

  • 30 dekabr 2016, 19:15
  • 6 591
  • O‘zbekiston
  • Soliq tekshiruvlari tartibiga o‘zgarishlar kiritildi

    O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining 2016 yil 29 dekabridagi "Tadbirkorlik faoliyatining tezkorlik bilan rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish hamda ishbilarmonlik muhitini sifatli takomillashtirish maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonunchilik hujjatlariga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 418-sonli qonuniga muvofiq mamlakatning Soliq kodeksiga soliq teshiruvlarini o‘tkazish tartibiga doir o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqida Norma.uz saytiga asoslanib Kun.uz sayti ma’lum qildi.

    Yangi tahrirga ko‘ra, soliq to‘lovchilarga nisbatan ikki turdagi soliq tekshiruvi o‘tkaziladi: rejaga muvofiq va rejadan tashqari.

    Rejaga muvofiq o‘tkaziladigan tekshiruvlar - nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshiruvlar rejasi asosida o‘tkaziladigan tekshiruvlar.

    Rejadan tashqari tekshiruvlar - yuridik shaxsning chetlatilishi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilishiga doir murojaatlari asosida, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ qarori bilan o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar.

    Shuningdek rejadan tashqari soliq tekshiruvlarini o‘tkazish asoslariga muayyan to‘g‘irlashlar kiritilgan.

    Bundan tashqari, Soliq kodeksiga javob tekshiruvlarning bekor qilinishi bilan bog‘liq tahrirlar ham kiritilgan.

    Kodeksdagi o‘zgarishlar 2017 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.

    » » Soliq tekshiruvlari tartibiga o‘zgarishlar kiritildi