Toshkentda Navro‘z bayrami qayerlarda va qanday nishonlanadi?

Toshkent shahar hokimligi 2026 yil Navro‘z bayrami munosabati bilan poytaxtning bir nechta hududlarida ommaviy tadbirlar tashkil etilishini e’lon qildi. Bayram tadbirlari nafaqat shahar markazida, balki turli tumanlarda ham keng ko‘lamda o‘tkaziladi.
Asosiy bayram maskanlari:
- 21–22 mart — "O‘zbekiston ovozi" turizm ko‘chasi (bosh manzil)
- 21–22 mart — Taras Shevchenko gastronomik ko‘chasi
- 21–23 mart — "Navro‘z" etno bog‘i
- 21 mart — Al-Xorazmiy turizm ko‘chasi
Shuningdek, quyidagi hududlarda ham bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi:
- 21 mart — Yunusobod tumani, Yunusobod Galereya majmuasi oldi
- 21 mart — Bektemir tumani, "Coca Cola" bog‘i
- 21 mart — Mirzo Ulug‘bek tumani, "Central Park"
- 21 mart — Sergeli tumani, markaziy xiyobon
- 21 mart — Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi (Beruniy metrosi yonida)
- 21–22 mart — Shayxontohur tumani, "Anhor Lokomotiv" bog‘i
- 21–22 mart — Shayxontohur tumani, "Tashkent City" bog‘i
- 21 mart — Uchtepa tumani, "Seul" ekobogi
- 21 mart — Chilonzor tumani, G‘ofur G‘ulom bog‘i
- 21 mart — Yakkasaroy tumani, "Next" savdo majmuasi
- 21 mart — Yashnobod tumani, "Ashxobod sayilgohi" bog‘i
- 21 mart — Yangihayot tumani, "Mehrigiyo" maydoni
Bayram dasturida nimalar bo‘ladi?
- Milliy taomlar va bahorlik ne’matlari keng namoyish etiladi;
- Sumalak, halim, somsa va an’anaviy palov tayyorlash jarayoni hamda ularni tatib ko‘rish imkoniyati;
- Mashhur san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturlari;
- Hunarmandchilik va amaliy san’at ko‘rgazmalari;
- Milliy o‘yinlar, xalq tomoshalari va qiziqarli bellashuvlar o‘tkaziladi.
Navro‘z tadbirlari shahar aholisi va mehmonlar uchun bayramona kayfiyat yaratadi, qadimiy an’ana va madaniyatni yaqqol namoyon etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing