17:30 / 17.02.2017
9 004

18 fevral O‘zbekistonda sovuq ob-havo kuzatiladi

18 fevral O‘zbekistonda sovuq ob-havo kuzatiladi

Toshkent shahri. 18 fevral kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi, deb yozadi Kun nashri.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 13-18, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 18 fevral O‘zbekistonda sovuq ob-havo kuzatiladi