15:56 / 24.04.2024
661

Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda

Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Foto: DPA
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qila boshladi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Quyi Saksoniya kriminologiya tadqiqot instituti (KFN) tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, musulmon talabalarning aksariyati (67,8 foiz) Qur’on qoidalari Germaniya qonunlaridan muhimroq, deb hisoblaydi. Respondentlarning deyarli yarmi (45,8 foiz) islom teokratiyasi boshqaruvning eng yaxshi shakli degan qarorga kelgan. Nemis maktablaridagi vaziyat ham boshqacha, deb yozmoqda Bild.

"Germaniyada o‘quvchilarning ota-onalari ko‘proq maslahat markazlariga murojaat qilmoqda, chunki ularning nasroniy farzandlari maktabda ajralib qolmaslik uchun islom dinini qabul qilishni xohlaydi", — deydi ismini oshkor qilmaslik sharti bilan Germaniya davlat xavfsizlik xizmati xodimi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda Germaniyada musulmon bolalar soni keskin oshgan. Yirik shaharlardagi maktablarda nasroniy o‘quvchilar soni kamaygan.

"Oxirgi sakkiz yil ichida immigratsiyaning yuqori darajasi tufayli maktablarda musulmon o‘smirlar va bolalar ulushi sezilarli darajada oshdi. Bundan tashqari, ko‘plab bolalar qat’iy dindor oilalardan keladi: xususan, bular ko‘pincha Suriya, Afg‘oniston va Iroqdan kelgan muhojirlardir", — deydi Bild manbasi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimi ba’zi maktablardagi musulmon o‘g‘il bolalar o‘zini “g‘arbcha” tutadigan qizlarga “bosim o‘tkazishini” da’vo qilmoqda.

"Shu bilan birga, o‘qituvchilarning ishlari ko‘pligi sababli bunday vaziyatlarga munosabat bildirishga vaqtlari yo‘q", — deyiladi xabarda.

Germaniyaning Berlin, Frankfurt yoki Essen kabi yirik shaharlarida musulmon o‘quvchilar ulushi 80 foizdan oshgan maktablar mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda