00:59 / 18.06.2017
6 895

18 iyun uchun ob-havo ma’lumoti: 42 daraja issiq davom etadi

18 iyun uchun ob-havo ma’lumoti: 42 daraja issiq davom etadi
Soha mutaxassislarining xabar qilishicha, ertaga, 18 iyun kuni yurtimiz bo‘ylab havo harorati issiq va qisman bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Ertaga Toshkent shahrida havo issiq bo‘ladi. Harorat kunduzi +37... +39, kechasi esa +20... +22 daraja issiq bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida issiq bo‘ladi. Harorat kunduzi +30... +35, kechasi +20... +25 darajada bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida issiq ob-havo kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +35... +40, kechasi +22... +27 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati haddan ortiq issiq bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +35... +40, kechasi esa +20... +25 bo‘lishi aytilmoqda. Sharqdan soniyasiga 3-8metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham issiq bo‘ladi. Havo harorati kunduzi +37... +42, kechasi +22... +27 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda havo o‘zgarib turadi. Harorat +35... +40, kechasi esa +20... +25 bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 18 iyun uchun ob-havo ma’lumoti: 42 daraja issiq davom etadi