O‘zbekistonda avtotransport guvohnomasi endi 5 yillik muddatga beriladi

O‘zbekistonda avtomototransport vositasini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi guvohnoma endilikda 5 yillik amal qilish muddati bilan beriladi. Bu haqda 30 mart kuni imzolangan hukumat qarorida belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi “texpasport”larda faqat berilish sanasi ko‘rsatilgan, ammo amal qilish muddati oldingi qoidalarda belgilanmagan edi. Yaʼni, yangi qaror bilan guvohnomalarning eʼtibor muddati aniq ravishda 5 yilga belgilanmoqda.
Guvohnoma muddati tugagandan keyin uni yangilash uchun to‘lov miqdori haqida aniq maʼlumot hozircha mavjud emas: yangi to‘lov belgilanadimi yoki amaldagi to‘lov qo‘llaniladimi, bu masala hali ochiq.
Maʼlumot uchun, 2024 yildan boshlab elektromobillar, mototsikllar va tirkamalardan tashqari barcha avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi – bazaviy hisoblash miqdorining 6,84 baravari etib belgilangan edi. Bu ko‘rsatkich oldin 0,1 baravari darajasida bo‘lgan.
Yangi tartiblar avtomobil egalari uchun yana-da aniqlik, qulaylik va zamonaviy amal qilish muddati kafolatini beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!