Eksportdan tushadigan valyutaning 25 foizini majburiy sotish bekor qilindi

  • 29 iyul 2017, 00:09
  • 4 670
  • O‘zbekiston
  • Eksportdan tushadigan valyutaning 25 foizini majburiy sotish bekor qilindi
    O‘zbekistonda tadbirkorlarning xorijga mahsulotlar eksport qilish amaliyotidan tushadigan valyutaning 25 foizini majburiy sotish tartibi bekor qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 28 iyulda mahalliy eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarga doir PQ-3157 qarorida shu haqda so‘z yuritiladi.

    Unga ko‘ra, 2017 yil 1 avgustdan e’tiboran eksport qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning eksportdan tushgan valyutasining 25 foizini majburiy sotish bo‘yicha tartib bekor qilinadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 1 avgustigacha bo‘lgan muddatda respublikaning vakolatli tijorat banklari va xo‘jalik yurituvchi eksportchilari, shu jumladan fermer xo‘jaliklari orasida keng tushuntirish ishlarini olib boradi.

    Qarorning to‘liq matni
    2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni va fermer xo‘jaliklar faoliyatini, ularning tashqi bozorlarda raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilishini iqtisodiy rag‘batlantirish, shuningdek, valyuta bozorini yanada liberallashtirish maqsadida:

    1. 2017 yilning 1 avgustidan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq eksport qiluvchi xo‘jalik sub’ektlariga mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksport qilishdan valyuta tushumlarining 25 foizini majburiy sotish bo‘yicha talab bekor qilinadi.

    2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:

    2017 yilning 1 avgustigacha bo‘lgan muddatda respublikamiz vakolatli tijorat banklari va eksport qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, jumladan, fermer xo‘jaliklar o‘rtasida ushbu qaror bilan o‘rnatilgan tartibni amalga oshirish mexanizmi bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borsin;

    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

    3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Markaziy bank raisi M.B.Nurmuratov zimmasiga yuklansin.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Eksportdan tushadigan valyutaning 25 foizini majburiy sotish bekor qilindi