18:03 / 24.12.2017
5 764

Toshkent shahrida saylovchilarning 20,4 foizi ovoz berdi

Toshkent shahrida saylovchilarning 20,4 foizi ovoz berdi
24 dekabr kuni soat 13:00 da Toshkent shahar xalq deputatlari tuman kengashlariga o‘tkazilayotgan saylovni yoritish bo‘yicha yagona matbuot markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Brifingda Toshkent shahar saylov komissiyasi raisi H. Karimov bugun soat 6:00 da Toshkent shahrida tashkil etilgan 885 ta saylov uchastkasi ochilganini ma’lum qildi.

Saylovda qatnashayotgan barcha siyosiy partiyalar va o‘zini o‘zi boshqarish organlari Toshkent shahrining 11 ta tumanida tashkil etilgan jami 330 ta saylov okrugiga bittadan nomzod ko‘rsatdi. Ya’ni, poytaxtlik saylovchilar 1650 nafar deputatlikka nomzod orasidan Toshkent shahar tuman kengashlariga 330 nafar deputatni saylaydi.

Brifingda O‘zbekiston fuqarolari saylov jarayonida siyosiy faollik ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 1 million 560 mingdan ziyod saylovchining 334 mingdan ortig‘i Toshkent vaqti bilan soat 13:00 gacha ovoz berishda qatnashgani ma’lum qilindi. Bu saylovchilar umumiy sonining 20,4 foizini tashkil etadi.

Toshkent shahar saylov komissiyasi raisi keng jamoatchilikni ovoz berish jarayonidan xabardor qilish bo‘yicha navbatdagi brifing soat 17.00 da bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Oldinroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz bergani xabar qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent shahrida saylovchilarning 20,4 foizi ovoz berdi