
Respublika gidrometeorologiya xizmati mutaxassislari iyul oyi uchun ob-havo taxminini e’lon qildi. Ko‘p yillik kuzatuv va tahlillar asosida bu yilgi iyul oyi O‘zbekistonda odatdagidan ham issiq va quruq bo‘lishi kutilmoqda.
Yil boshidan buyon kuzatilayotgan tendensiya – haroratning yildan yilga o‘sishi – bu oyda ham davom etishi aytilmoqda. Aynan iyul yilning eng jazirama va kuydiruvchi fasli sifatida ko‘zga tashlanadi. Deyarli har bir fuqaro bu oyda havoning juda issiq bo‘lishiga tayyor bo‘lishi kerak.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, iyul boshidayoq havo harorati respublika shimoli va janubida, cho‘l hududlarida 40-43 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim hududlarda esa termometr ko‘rsatkichlari 44-46 darajani ko‘rsatishi mumkin. Ya’ni, issiqlik va quruqlik yilning boshqa oylariga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.
5 iyul kuni qisqa muddatli salqinlik kuzatiladi: g‘arbiy viloyatlarda va keyin barcha hududlarda harorat 4-6 darajaga tushadi. Ammo mutaxassislar bu salqinlikni uzoq vaqtga cho‘zilmasligini, iyul oyi davomida ko‘pincha qaytadan 36-41 darajada issiq bo‘lishi, ayrim kunlarda esa 42-43 darajagacha oshishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Yana bir muhim jihat — yog‘ingarchilik ehtimoli juda past. Bu degani, iyul oyi davomida respublika hududlarida quruq va changli havo ustunlik qiladi. Mutaxassislar mazkur holat ko‘p yillik tendensiyaga aylanganini, har yili iyul oyida 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni ortib borayotganini qayd etmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, markaziy va sharqiy hududlarda iyul oyida 1-3 kun, shimoliy va janubi-g‘arbiy hududlarda 3-7 kun, cho‘l va janubda esa 10-15 kun davomida harorat 40 darajadan yuqori bo‘ladi. Bunday anomal issiqlikning ko‘payishi global iqlim o‘zgarishlari va mamlakatimizdagi ob-havo sharoitiga bog‘liq.
Muttaxassislar barcha fuqarolarga issiq va quruq kunlarda ehtiyot choralarini ko‘rishni, suyuqlik ko‘proq iste’mol qilish, quyoshda uzoq to‘xtamaslik va salqin joyda dam olishni tavsiya etmoqda.
Xulosa qilib aytganda, bu yilgi iyul nafaqat O‘zbekistonda, balki butun mintaqada eng issiq va quruq oylardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Tabiatida qizg‘inlikni yaxshi ko‘radiganlar uchun bu bir sinov, boshqalar uchun esa o‘zini asrash va salomatlikka e’tibor qaratish vaqti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar