
Apple Watch foydalanuvchilari uchun kutilgan yangilik amalga oshdi – Google o‘zining mashhur Taqvim ilovasini endi “aqlli soat” platformasiga ham moslashtirdi. Ushbu yangilik texnologiya ishqibozlari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda, deb xabar berdi apple.com.
Google kompaniyasi Apple Watch uchun tayyorlagan ushbu Taqvim ilovasi ularning soat platformasidagi to‘rtinchi to‘liq dasturidir. Ilgari Gmail, Google News va Google Keep kabi xizmatlar soatda ishga tushirilgan bo‘lsa, endi ular safiga rasmiy taqvim ham qo‘shildi.
Ilova orqali foydalanuvchi haftalik rejalarini, uchrashuvlarni va topshiriqlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri soat displeyida ko‘ra oladi. Yuqori o‘ng burchakda joriy kun va boshqa sanalar aks etgan ro‘yxat joylashgan. Har bir voqea yoki vazifa alohida rangli kartochka ko‘rinishida taqdim etiladi. Unda vazifaning nomi, boshlanish vaqti va joylashuvi yoritib beriladi.

Bir marotaba ekranga bosish orqali siz tanlangan vazifa haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lasiz. Ammo shuni alohida qayd etish joizki, Apple Watch'da to‘g‘ridan to‘g‘ri yangi uchrashuv yoki topshiriq yaratish imkoni hozircha mavjud emas. Ilova, asosan, kuzatuv va ma’lumot olish uchun mo‘ljallangan.
Google Taqvim dasturini App Store orqali yuklab olishingiz mumkin. U Apple Watch'ning barcha modellari bilan uyg‘un ishlaydi va iPhone'dagi Google hisobingiz bilan avtomatik sinxronlashadi.

Texnologiya dunyosidagi bu kabi yangiliklar, albatta, kundalik hayotda vaqtni boshqarishda yanada ko‘proq qulaylik yaratishi mumkin. Google tomonidan taqdim etilgan ushbu yondashuv esa, umuman olganda, Apple ekotizimidagi foydalanuvchilar uchun yangicha imkoniyatlar eshigini ochadi.
Endi raqamli rejalaringiz soatingizda ham bo‘ladi – qarash kerak, bosish kerak, o‘qish kerak! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar