“MyWay Proforientation” kompaniyasi kasb-hunarga yoʻnaltirish va rivojlantirish markazi XTV koʻmagida Toshkent shahridagi 9-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha tajriba loyihasini ishga tushirdi, deb xabar bermoqda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati.
“MyWay Proforientation” kasb-hunarga yoʻnaltirish va rivojlantirish markazi Xalq taʼlimi vazirligi koʻmagida kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha tajriba loyihasini ishga tushirdi, u orqali umumtaʼlim maktablarining 9-sinf oʻquvchilari kelajakda qanday kasbni tanlashlari kerakligini bilib oladilar.
Amaliyotning koʻrsatishicha, aksariyat hollarda oʻsmirlarning ota-onalari farzandlarining qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olmasdan, ularning kelajakda qanday kasb egasi boʻlishini hal qilishadi. Natijada, bitiruvchilarning aksariyati oʻz vaqti va pulini baribir kelajakda ishlamaydigan, ishlasalar ham huzur olmaydigan mutaxassislikni egallashga sarflashadi.
Kasb-hunarga yoʻnaltirilgan loyiha oʻquvchilarga shaxsiy xususiyatlarini, qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash imkonini beradi hamda mazkur maʼlumotlarga tayanib, ularning shaxsiy imkoniyatlariga mos keluvchi kasbni tanlash imkonini beradi. “MyWay Proforientation” kompaniyasi Moskva davlat universitetining (Rossiya) “Gumanitar texnologiyalar” Test markazining rasmiy hamkori va “Proforiyentator”, “Profmaster”, “Profnavigator” va boshqa dasturlardan foydalanish boʻyicha eksklyuziv huquqqa ega boʻlib, Toshkentdagi beshta maktabda 9-sinf oʻquvchilarini test sinovlaridan oʻtkazadi.
Maktab oʻquvchilari “Proforiyentator” dasturidagi “Shaxs va kasb” blokining maxsus testidan oʻtadilar, bu bolalarning individual xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Olingan maʼlumotlarga asoslanib, “MyWay Proforientation” kompaniyasi mutaxassislari bolalar bilan guruhlarda suhbatlar oʻtkazadilar, kelajakda qanday kasb tanlash boʻyicha oʻz tavsiyalarini berishadi va oʻgʻil-qizlarning savollariga javob berishadi.
Dastlabki bosqichda loyiha poytaxtdagi beshta maktabni qamrab oladi. Kelgusida Xalq taʼlimi vazirligi va “MyWay Proforientation” kompaniyasi poytaxtdagi barcha maktablarni qamrab olishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?