08:25 / 10.12.2019
4 230

Zokirjon Almatovning kitobi Koson tumani hokimiga sovg’a qilindi

Zokirjon Almatovning kitobi Koson tumani hokimiga sovg’a qilindi
Koson tumanida tashkil qilingan “Eng kitobxon maktab” loyihasining taqdirlash marosimida Respublika kitob markazi direktori Shuhrat Oxunjonov ham qatnashdi. Bu haqda Koson tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
U tumanda kitob mutolaasiga boʻlgan eʼtibor haqida gapirar ekan, loyiha doirasida eng koʻp kitobni Koson tumani sotib olganini taʼkidladi.

Shuhrat Oxunjonov Koson tumani hokimi Asrol Boykarayevga Ichki ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Zokirjon Almatovning sovgʻasi “Bir umrlik jasorat” nomli kitobini sovgʻa qildi.
Maʼlumotga koʻra, Zokirjon Almatov oʻzi haqida yozilgan kitobni Shuhrat Oxunjonov orqali Koson tumani hokimi Asrol Boykarayevga yuborgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Zokirjon Almatovning kitobi Koson tumani hokimiga sovg’a qilindi