Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi davlat rahbarining matbuot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida ijtimoiy sohalar sifatini yaxshilash hamda qamrovini kengaytirish, iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarini o‘rta va uzoq muddatda jadal rivojlantirish bo‘yicha 3 yilda 30 dan ortiq konsepsiya va strategiyalar qabul qilinganini ta’kidladi.
– Biz uzoq yillar katta-katta raqamlarga mahliyo bo‘lib yurdik. Lekin bu raqamlar xalqimizga manfaat keltirmadi. Shu bois asosiy maqsadimiz aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni oshirish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va buni odamlar hayotida, dasturxonida sezadigan qilish. O‘tgan yillarda birinchi qadamlar qo‘ydik. Lekin hali ko‘zlangan natijalarga erishganimiz yo‘q. Biron bir sohani mukammal deb ayta olmaymiz, – dedi davlatimiz rahbari.
Hukumat zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to‘liq uddalayapti, deyishga hali erta ekani, xalq ko‘proq va aniq natijalar kutayotgani qayd etildi.
– Joylarda juda ko‘plab muammo va masalalar o‘z yechimini topishi zarur. Odamlarimizning talab va ehtiyojlari kun sayin o‘sib bormoqda, – dedi davlatimiz rahbari. – Shuning uchun, yangi hukumatning barcha a’zolaridan o‘zi mas’ul va javobgar bo‘lgan sohalarga tanqidiy yondashib, kelgusidagi ishlarni ortig‘i bilan bajarish, xalqimiz va parlamentga berilgan va’dalar ustidan to‘liq chiqish talab etiladi. Bir so‘z bilan aytganda, amaliy natijadorlik va xalq manfaatlarini ro‘yobga chiqarish hukumatning har bir a’zosi faoliyatini baholashning asosiy mezoni bo‘ladi.
Qayd etilganidek, kelgusi besh yil uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, soliq-budjet siyosatini takomillashtirish, sanoat tarmoqlari, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, uy-joy va kommunal sohalarni rivojlantirish borasida katta marralar belgilab olingan.
Oxirgi ikki yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 44 milliard dollardan 58 milliard dollarga o‘sgan. Majlisda bu ko‘rsatkichni ikki barobar oshirib, 100 milliard dollarga yetkazish, inflyatsiya darajasini 5 foizgacha kamaytirish, ishlab chiqarilayotgan iste’mol mahsulotlari hajmini ko‘paytirish hukumat, Markaziy bank va barcha darajadagi hokimlarning umumiy vazifasi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Majlis davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi