date

Qalloblar vizani bahona qilib katta pullarni qo‘lga kiritdi

Qalloblar vizani bahona qilib katta pullarni qo‘lga kiritdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta firibgarlik holatlari fosh etildi. Huquq-tartibot idoralari tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar natijasida jinoyatchilar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, Sergeli tumanida fuqaro Sh.A. o‘zini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari bor deb ko‘rsatib, fuqaro M.O.ga AQSHga borish uchun «biznes» vizasini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U mazkur xizmat evaziga 75 ming AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga tushgan. Tezkor tadbir davomida barcha holatlar hujjatlashtirilib, dalillar to‘plangan.

Shuningdek, Xatirchi tumanida ham shunga o‘xshash holat aniqlangan. «T.L.» MCHJ rahbari sifatida faoliyat yuritgan F.Sh. fuqaro J.B.ning ishonchiga kirib, uni Bolgariyaga ishga joylashtirishni va’da qilgan. U bu xizmat uchun 3 ming AQSH dollarini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan.

Har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, aybdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari — firibgarlik va pora berish bilan bog‘liq bandlar asosida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar fuqarolarni bunday holatlarda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda: xorijga chiqish yoki ishga joylashish masalalarida faqat rasmiy manbalar va litsenziyalangan tashkilotlarga murojaat qilish muhim. Aks holda, oson yo‘l bilan muammoni hal qilishga urinish katta moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qalloblar vizani bahona qilib katta pullarni qo‘lga kiritdi