date

Nurafshondan Toshkentga tezyurar avtobus tizimi joriy etiladi

Nurafshondan Toshkentga tezyurar avtobus tizimi joriy etiladi

Nurafshon shahridan Toshkent shahrining Bektemir tumanigacha tezkor avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish maqsadida "Bus rapid transit" (BRT) tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 24-mart kuni qabul qilingan qarorida ma’lum qilingan.

Qarorga muvofiq, "Toshkent–Nurafshon" avtomobil yo‘lini qayta ta’mirlash orqali zamonaviy ekspress avtobus tizimini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihaning tashabbuskori sifatida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi belgilangan.

Ma’lum qilinishicha, tezyurar avtobuslar uchun yo‘lning o‘rta qismida alohida maxsus yo‘laklar ajratiladi. Shuningdek, 9 ta zamonaviy, yopiq va iqlim nazoratiga ega bekatlar barpo etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular orasidagi masofa o‘rtacha 2,9 kilometrni tashkil qiladi.

Loyihaning umumiy qiymati 119 million 642,7 ming AQSH dollariga baholangan. U xalqaro moliya institutlari hamda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Shu bilan birga, "Avtoyo‘linvest" agentligi ushbu loyihada buyurtmachi vazifasini bajaradi. Rejaga ko‘ra, mazkur transport tizimi 2028-yil oxiriga qadar to‘liq ishga tushirilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Nurafshondan Toshkentga tezyurar avtobus tizimi joriy etiladi