date

Bo‘stonliqda Akbar Jo‘rayev nomidagi og‘ir atletika maktabi ochildi

Bo‘stonliqda Akbar Jo‘rayev nomidagi og‘ir atletika maktabi ochildi

Bugun, 25-mart kuni Bo‘stonliq tumanida Akbar Jo‘rayev nomidagi og‘ir atletika sport maktabining ochilish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda sport sohasi va jamoatchilik vakillari, shuningdek bir qator tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Ular O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi ko‘magida barpo etilgan ushbu zamonaviy inshootning kelgusida iqtidorli sportchilarni kashf qilish va ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidlashdi.

Majmuada keng mashg‘ulotlar zali, malakali murabbiylar va tibbiyot xonasi, qulay yotoqxona, zamonaviy oshxona, kichik stadion hamda boshqa zarur hajmdagi sharoitlar mavjud.

Rasmiylar esa ushbu inshoot Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qurilganini va kelgusida Akbar Jo‘rayevdek o‘zbek sportining yangi yulduzlari yetishib chiqishida xizmat qilishiga umid bildirdilar.

Tahlilchilar fikricha, Bo‘stonliqda ochilgan sport maktabi nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda ham sport salohiyatini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bo‘stonliqda Akbar Jo‘rayev nomidagi og‘ir atletika maktabi ochildi