Boysun tumanidagi “Yoshlar bog‘i”ga taniqli yozuvchi Shukur Xolmirzayev nomi berildi

Boysun tumanidagi “Yoshlar bog‘i”ga yozuvchi Shukur Xolmirzayev nomi berildi. Bu haqdagi qaror Xalq deputatlari Boysun tumani kengashi tomonidan 2026 yil 25 mart kuni qabul qilinib, e’lon qilingan. Bog‘ nomini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron bazalarni yangilash va hujjatlarga o‘zgartirish kiritish ishlari amalga oshiriladi. Yangi nom aks ettirilgan ko‘rsatkich va belgilar bosqichma-bosqich o‘rnatiladi, qaror esa e’lon qilingan kundan kuchga kirgan.
Boysun tumanidagi “Yoshlar bog‘i”ga taniqli yozuvchi Shukur Xolmirzayev nomi berildi. Bu haqda Xalq deputatlari Boysun tumani kengashi tomonidan qabul qilingan qarorda ma’lum qilingan.
Mazkur qaror 2026 yil 25 mart kuni e’lon qilingan bo‘lib, unga ko‘ra Kadastrlar palatasi tuman bo‘limi, statistika organlari hamda tuman hokimligi bilan hamkorlikda bog‘ nomini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron bazalarni yangilash va tegishli hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish ishlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, hududda yangi nom aks ettirilgan ko‘rsatkichlar va belgilar bosqichma-bosqich o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Qaror e’lon qilingan kundan boshlab darhol kuchga kirgan.































Izohlar 0
…