Toshkent shahar IIBB o‘tgan hafta davomida kuzatuv kameralari qayd etgan yo‘l harakati qoidalari qoidabuzarlari top-5 ligini e’lon qildi.
Birinchi o‘rinni Vaz-21063 rusumli, davlat raqam belgisi 10 J 506 FA bo‘lgan avtomashina haydovchisi band etdi. U jami 32 marta qoidabuzarliklar ya’ni, 1 marta belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmaslik, 31 marta svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunishni xoxlamagan holda, jarimalar miqdorini 9 435 825 so‘mga etkazdi.
Ikkinchi o‘ringa Cobalt rusumli, davlat raqam belgisi 10 J 434 LA bo‘lgan avtomashina haydovchisi sazovor bo‘ldi. Ushbu avtomashina haydovchisi jami 21 marta ya’ni, 18 marta belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmaslik, 3 marta svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunmaslik kabi qoidabuzarliklarni sodir etib, jarima miqdorini 4 193 700 so‘mga etkazdi.
Uchinchi o‘rinda Matiz rusumli, davlat raqam belgisi 01 O 905 RA bo‘lgan avtomashina haydovchisi qayd etildi. U jami 17 marta, jumladan, 16 marta belgilangan harakatlanish tezligi talablariga, 1 marta svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunmagan holda harakatlangani uchun, jarima miqdori 2 845 725 so‘mni tashkil etdi.
To‘rtinchi o‘rinni Spark rusumli, davlat raqam belgisi 01 B 361 PA bo‘lgan avtomashina haydovchisi egalladi. Haydovchi 15 marta belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmagan. Jarima miqdori 2 246 625 so‘mni tashkil etadi.
Beshinchi o‘rinda Nexia 2 GLE (davlat raqam belgisi 30 707 FAA) avtomashinasi haydovchisi. 14 marta belgilangan tezlik talablariga amal qilmagan holda harakatlangani uchun . Unga 3 295 050 so‘mlik jarima solingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi