"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasi UEFA Superkubogi uchun "Real"dan mag‘lubiyatga uchragandan keyin olgan medalini hech bir afsuslanishsiz bir notanish bolaga hadya qilib yubordi.
U bu haqda o‘yindan keyingi matbuot-anjumanda so‘zlab berdi.
"Medallar men uchun hattoki g‘alabalardan keyin ham katta ahamiyatga ega emas, mag‘lubiyatdan keyin esa umuman ahamiyatsizdir. Men "MYu" futbolkasidagi bir bolani ko‘rib, medalni unga sovg‘a qildim. Men bu bola kimligini bilmayman, biroq u uchun bu butun umrga xotira bo‘lib qoladi", deb aytdi Mourino.
Eslatib o‘tamiz, superkubok uchun kechgan uchrashuv madridliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi