22:14 / 21.01.2018
4 351

«Real» «Deportivo»ni yanchib tashladi

«Real» «Deportivo»ni yanchib tashladi
«Santyago Bernabeu»da kechgan bahsda mezbonlar yirik hisobda g‘alaba qozondilar.

Madridliklar safida Nacho, Garet Beyl va Krishtianu Ronaldular dubl qayd etgan bo‘lishsa, yana bir golga Luka Modrich mualliflik qildi.

Shu tariqa, ushbu g‘alabadan so‘ng Zinedin Zidan shogirdlari La Liga turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasiga ko‘tarilib oldilar.

Ispaniya chempionati, 20-tur

Real Madrid – Deportivo 7:1 (2:1, 5:0)
Gollar:
0:1 – 23 Adrian, 1:1 – 32 Nacho, 2:1 – 42 Beyl, 3:1 – 58 Beyl, 4:1 – 68 Modrich, 5:1 – 78 Ronaldu, 6:1 – 84 Ronaldu, 7:1 – 88 Nacho.

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Nacho, Modrich (Kovachich, 76), Kazemiro, Kroos, Beyl (Vaskes, 82), Ronaldu, Mayoral (Benzema, 64).

Deportivo – Martines, Sher, Luizinyu, Xuanfran, Aldo One, Moskera (Eksposito, 48), Gilerme, Borxes (Cholak, 54), Adrian, Peres, Andone (Xil, 79).
Ogohlantirishlar: Andone (38), Peres (56).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» «Deportivo»ni yanchib tashladi