17:01 / 26.04.2024
121

UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin

UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin
UFC Arman Sarukyanni diskvalifikatsiya qilishi mumkin. Bunga sabab — Arman UFC 300 turnirida Charlz Oliveyraga qarshi jangdan so‘ng chiqib ketayotgan vaqtda uni haqorat qilgan muxlisga zarba bergandi.

Keyinroq muxlis buning uchun uzr so‘ragan, Sarukyan esa unga UFC 303 turniriga chipta olib berishga vaʼda bergan.

Biroq Sarukyan ushbu holat uchun gonorarining bir qismidan mahrum bo‘lgan. Endi esa 30 aprel kuni Nevada shtatida Atletika komissiyasi yig‘ilish o‘tkazadi va unda Armanning ishi ko‘rib chiqiladi.

Balki jarimaga tortilar. Diskvalifikatsiya qilinishi ham mumkin. Qaror o‘sha kuni qabul qilinadi”, — deydi Arman Sarukyanning menejeri Said Abdurahmonov.

Arman UFC 300 turnirida Charl Oliveyrani ochkolar hisobiga mag‘lub etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin