19:52 / 29.12.2018
3 233

Yovan Jokich: “Lokomotiv”ning o‘yinlariga tezda moslashib ketaman deb umid qilaman

Yovan Jokich: “Lokomotiv”ning o‘yinlariga tezda moslashib ketaman deb umid qilaman
"Lokomotiv"ning yangi futbolchisi Yovan Jokich o‘zining transferi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Lokomotiv" futbol klubi rahbariyati menga qo‘ng‘iroq qilishdi va jamoaga taklif qilishdi. Ularga yakunlangan 2018 yilgi mavsumdagi o‘yinlarim ma’qul kelgan ekan. Bu taklifni qabul qildim.

"Lokomotiv"ga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazdim. Juda yaxshi jamoa. Tarkibdagi bir necha futbolchilarni yaxshi taniyman. Ushbu jamoaning o‘yin uslubiga tezda ko‘nikib ketishga harakat qilaman. Umid qilamanki, barchasi yaxshi bo‘ladi va ajoyib mavsumni o‘tkazaman!"
, - dedi Jokich.

Yovan Jokich yakunlangan 2018 yilgi mavsumda AGMKning 31 o‘yinida qatnashdi va yarim himoyachi bo‘lishiga qaramasdan 11 marta raqiblar darvozasini aniq nishonga olishga muvaffaq bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yovan Jokich: “Lokomotiv”ning o‘yinlariga tezda moslashib ketaman deb umid qilaman