11:41 / 31.03.2019
2 830

Bokudagi turnirda 4 nafar bokschimiz yarim finalga yoʻl oldi

Bokudagi turnirda 4 nafar bokschimiz yarim finalga yoʻl oldi
Ayni kunlarda Ozarbayjonning Boku shahrida boks boʻyicha xalqaro musobaqa davom etmoqda. Bugun turnirning chorak final doirasidan oʻrin olgan bellashuvlar yakunlanadi, deya xabar bermoqda MOQ.

Kecha ringga chiqqan bokschilarimizdan 4 nafari (Jasurbek Latipov, Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg), Xurshid Abdullayev (-81 kg) va Obidjon Toxirov (+91 kg)) yarim final yoʻllanmasiga ega chiqishdi. Bugun boʻlib oʻtadigan dasturda chorak finalning barcha bahslari yakunlanadi. Ushbu kun doirasida ham bir qator bokschilarimiz yarim final yoʻllanmasi uchun bahs olib borishadi.

Bugun quyidagi vakillarimiz chorak finalda jang qilishadi:

Foziljon Abdurahimov va Hasanboy Doʻsmatov (-52 kg), Shukurjon Rahimov (-60 kg), Iqboljon Xoldorov (-69 kg), Madiyar Saydrahimov, Sardor Yormuhammedov (-91 kg).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bokudagi turnirda 4 nafar bokschimiz yarim finalga yoʻl oldi