Ispaniya chempionatining 30-turidan oʻrin olgan “Vilyarreal” hamda “Barselona” klublari oʻrtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda 4:4 hisobi qayd etilib, durang natija bilan yakunlandi.
“Estadio de la Seramika” stadioniga yigʻilgan minglab muxlislar juda shiddatli oʻyinga guvoh boʻlishdi. Dastlab, ikki marta orqada qolgan “Vilyarreal” futbolchilari oʻyin oxirlariga borib, ikki farqi bilan oldinga oʻtib olishdi.
Bakka 80-daqiqada gol urganida hisob 4:2 - mezbonlar foydasiga boʻlayotgandi. Ammo, tinib-tinchimas ikki futbolchi - Messi va Suareslar “Barsa”ni magʻlubiyatdan qutqarib qolishdi. Yakunda tabloda jangovor 4:4 hisobi porlab turardi.
Valverde shogirdlari ham ochko yoʻqotishdi. Lekin, bu hali beri chempionlik masalasiga taʼsir koʻrsatmaydi. Tomonlar bir ochkodan ega boʻlishdi.
Ispaniya chempionati, 30-tur
Vilyarreal – Barselona 4:4 (1:2, 3:2)
Gollar: 0:1 – 12 Koutino, 0:2 – 16 Malkom, 1:2 – 23 Chukvueze, 2:2 – 50 Toko-Ekambi, 3:2 – 62 Iborra, 4:2 – 80 Bakka, 4:3 – 90 Messi, 4:4 – 90 Suares.
Vilyarreal – Asenxo, Alvaro Gonsales, Funes Mori, Ruis, Mario Gaspar, Morlanes (Kaseres, 63), Kasorla, Pedrasa, Chukvueze (Bonera, 88), Iborra, Toko-Ekambi (Bakka, 74).
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Umtiti, Langle, Alba, Vidal, Buskets (Rakitich, 73), Artur (Alenya, 73), Malkom, Suares, Koutino (Messi, 61).
Ogohlatirishlar: Alvaro Gonsales (36), Buskets (39), Langle (42), Funes Mori (45), Vidal (77), Alenya (83), Messi (84), Serdji Roberto (85), Kaseres (90), Suares (90).
Chetlatish: Alvaro Gonsales (86).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?