15:33 / 22.04.2019
3 452

Osiyo chempionati. Oʻzbekistonning yana ikki vakili yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

Osiyo chempionati. Oʻzbekistonning yana ikki vakili yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi
Bugun, 22 aprel kuni Tailandning Bangkok shahrida boks boʻyicha Osiyo chempionatida chorak final janglari oʻtkazilmoqda.

Kunduzgi dastur doirasida erkaklar oʻrtasida -56 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzaxalilov tailandlik Chatchai Budte bilan jang qildi. Oʻzbekiston vakili raqibini ochkolar hisobiga magʻlubiyatga uchratib, musobaqaning yarim finali yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Ayollar oʻrtasida -57 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan Yodgoroy Mirzayeva turnirdagi ikkinchi jangini tojikistonlik Mijgona Samadovaga qarshi oʻtkazdi va raqibini ochkolar hisobiga magʻlubiyatga uchratib, yarim final masalasini hal qildi.

Bundan avvalroq, chorak finalda -49 kg vazn toifasi vakili Nodirjon Mirzaahmedov laoslik bokschi Xampxouvan Xamsatone ustidan gʻalaba qozonib, yarim finalga chiqqandi.

Bu uch sportchi yarim final yoʻllanmasi orqali kamida bronza medallarini naqd qilishdi.

Bugun, shuningdek, yana besh nafar oʻzbekistonlik bokschi ringga chiqadi.

Kunduzgi dastur:
-69 kg: Shaxnoza Yunusova – Makoto Kikuchi (Yaponiya)
-81 kg: Eʼzoza Meliyeva – Lina Vang (Xitoy)

Kechki dastur, 16:00 dan soʻng:
-52 kg: Hasanboy Doʻsmatov – Amit Pangal
-64 kg: Shunqor Abdurasulov – Muhammad Alkasbex (Iordaniya)
-81 kg: Dilshodbek Roʻzmatov – Bek Nurmaganbet (Qozogʻiston)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionati. Oʻzbekistonning yana ikki vakili yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi