09:55 / 06.07.2019
2 369

Mourinyu "Guanjou" yoki Xitoy terma jamoasini boshqarishi mumkin

Mourinyu "Guanjou" yoki Xitoy terma jamoasini boshqarishi mumkin
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.
56 yoshli mutaxassis Xitoyning eng boy kishisi Xu Szyain bilan "Guanjou Evergrand"da ishlash yoki Xitoy terma jamoasini boshqarish borasida muzokara o‘tkazmoqda.

Ayni damda Mourinyu bilan muzokaralar davom etyapti.
Oldinroq, mutaxassis yosh ligalarni rivojlantirish va yangi chorlovlar izlash haqida gapirgan edi. Mourinyuning so‘nggi ish joyi "Manchester Yunayted" bo‘lgan.

1996 yilda Szyain tomonidan asos solingan Evergrande Group kompaniyasi 9 yil oldin "Guanjou Evergrand"ni sotib olib, unga katta pul sarfladi.

Biznesmen Superligani rivojlantirish va milliy jamoa jahon chempionatiga olib chiqishga yordam beryapti.
Ayni damda "Guanjou Evergrand"ni Fabio Kannavaro, Xitoy terma jamoasini Marchello Lippi boshqarmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinyu "Guanjou" yoki Xitoy terma jamoasini boshqarishi mumkin