Ektor Kuper: "Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo‘lmaydi"

  • 17 iyul 2019, 16:54
  • 852
  • Sport
  • Ektor Kuper: "Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo‘lmaydi"
    Bugun Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
    Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin oldi. Guruhda terma jamoamizga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper O‘FA rasmiy saytiga qur’a haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

    - Qur’a qanday jamoalarni taqdim etishini oldindan tahmin qilib bo‘lmaydi. Shu sababdan har qanday raqib bilan to‘qnash kelishga tayyor turish lozim bo‘ladi. Jahon chempionati saralashi ikkinchi bosqichi qur’asi bizga taqdim etgan raqiblarning barchasi o‘ziga yarasha kuchli jihatlarga ega ekanini ta’kidlay olaman. Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo‘lmaydi. Guruhimizdan o‘rin olgan har bir raqibni hurmat qilgan holda uchrashuvlarga hozirlik ko‘ramiz. O‘zbekiston terma jamoasi barcha uchrashuvlarda mazmunli o‘yin namoyish etib, yakunda kelasi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun maydonga tushadi, - dedi mutaxassis.

    Manba: ufa.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ektor Kuper: "Hech bir raqibga bepisandlik bilan qarab bo‘lmaydi"