11:50 / 26.07.2019
2 723

Shohrux Gadoyev «Bunyodkor» futbolchisiga aylandi

Shohrux Gadoyev «Bunyodkor» futbolchisiga aylandi
Koreya quyi divizionida o‘ynab, yaqinda «Tedjon» jamoasidan ketgan Shohrux Gadoyev faoliyatini Toshkentning «Bunyodkor» jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi. Belorusda yig‘in o‘tkazib qaytgan «Qaldirg‘ochlar» chempionat 14-turidan o‘rin olgan «Dinamo»ga qarshi o‘yinga poytaxtda tayyorlanishmoqda.

Toshkentdagi mashg‘ulotlarda Gadoyev ham qo‘shilgan. Uning Koreyadagi jamoadoshi Sanjar Tursunov ham «Bunyodkor»ga kelishi kutilmoqda. Gadoyev Koreyadan tashqari Bahrayn chempionatida ham o‘ynagan. Avval ham «Bunyodkor» safida o‘ynagan Gadoyev «Nasaf»dagi o‘yinlari bilan tanilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohrux Gadoyev «Bunyodkor» futbolchisiga aylandi