Bugun, 17 sentyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining to‘qqizinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston boks terma jamoasining -91 kg vazn toifasidagi vakili Sanjar Tursunov mazkur jahon chempionatidagi ikkinchi jangini hindistonlik Sanjit Sanjitga qarshi o‘tkazdi va 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa, jahon chempionatida hozircha O‘zbekiston jamoasining uch nafar vakili - Elnur Abduraimov (-63 kg), Fanat Qahramonov (-75 kg) va Sanjar Tursunov (-91 kg) o‘z ishtirokini yakunlashdi.
Bugun kechki dasturda O‘zbekiston terma jamoasining yana 4 nafar vakili chorak final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.
-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Muhammad Hamout (Marokash)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Delante Jonson (AQSh)
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Andre Paul Aradoay (Ruminiya)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Sotne Rogava (Ukraina).
Janglarni tomosha qilish uchun link:
Ring B: Mirazizbek Mirzaxalilov - Muhammad Hamut, 19:25 dan so‘ng, Bobousmon Baturov - Delante Jonson, 19:55dan so‘ng, Dilshodbek Ro‘zmetov - Andrei Aradoay, 21:20 dan so‘ng, Bahodir Jalolov - Sonte Rogava, 22:30dan so‘ng. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi