18:36 / 18.01.2020
3 170

Osiyo chempionati-U23. Saudiya Arabistoni mezbonlarni mag‘lub etib, ilk yarim finalchiga aylandi

Osiyo chempionati-U23. Saudiya Arabistoni mezbonlarni mag‘lub etib, ilk yarim finalchiga aylandi
Foto: The AFC
Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatining chorak final bahslariga start berildi. Dastlabki o‘yinda mezbon Tailand olimpiya jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 78-daqiqasida Abdulloh Al-Hamdan tomonidan 11 metrlik jarima zarbasidan kiritilgan gol Saudiya Arabistoni olimpiyachilarini dastlabki yarim finalchiga aylantirdi. Bugun shuningdek, Avstraliya - Suriya o‘yini ham o‘tkaziladi.

Saudiya Arabistoni turnir yarim finalida BAA - O‘zbekiston jutfligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu yarim final o‘yini 22 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Osiyo chempionati. Chorak final.
18 yanvar. Rangsit.
Saudiya Arabistoni - Tailand 1:0
Gol:
Abdulloh Al-Hamdan 78 penaltidan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionati-U23. Saudiya Arabistoni mezbonlarni mag‘lub etib, ilk yarim finalchiga aylandi