date

Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha

Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha

Har bir buyuk hikoyaning o‘z boshlanishi bor. Ba’zan u sokin bo‘lib, orqa hovlida, eski to‘p va bolalarcha o‘ziga ishonch bilan boshlanadi.

Kimdir o‘qituvchi bo‘lishni xohlasa, kimdir shifokor bo‘lishni orzu qiladi. Yana birlari esa bolaligidan o‘zlarini katta stadionda ko‘rib, bir kun kelib Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilishiga ishonadi. Eldor Shomurodovning hikoyasi ham shunday boshlangan.

Bugun u bir paytlar o‘zidek katta maydonlarda o‘ynashni orzu qiluvchi bolalarga yordam beradi. Surxondaryo viloyatida, Termiz yaqinida joylashgan Eldor Shomurodov akademiyasida bolalar yashaydi, o‘qiydi va har kuni orzulariga yaqinlashish uchun kichik, lekin muhim qadamlar qo‘yadi.

TBC Bank jamoasi bularning barchasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish uchun akademiyaga tashrif buyurdi. Bolalarning samimiyligi va qat’iyatliligi, shuningdek, hali ko‘plab kattalarga bolalik orzusidek ko‘rinadigan narsaga jiddiy yondashayotgani jamoani ilhomlantirdi. Shu sababli TBC Bank jamoasi ularning yonida bo‘lishni, qo‘llab-quvvatlashni va bu yo‘lda birga harakat qilishni o‘z oldiga maqsad qildi.

Ehtimol, kimningdir buyuk futbol yo‘li chindan ham shu yerda, Surxondaryoning jazirama quyoshi ostidagi maydondan boshlanar.

Hayotni o‘zgartiruvchi imkoniyat

Akademiyada Surxondaryo viloyatidagi turli oilalardan kelgan bolalar shug‘ullanadi. Bu yerda oilaning daromadi muhim emas. Eng asosiysi — bola futbolga qiziqadimi, xarakteri qanday va tinimsiz ishlashga tayyormi.

“Bolalar akademiyada bepul o‘qiydi. Biz uchun eng muhimi oilaning moliyaviy holati emas, balki bolaning futbolga bo‘lgan qiziqishi, qobiliyati va maqsad sari intilishi. Agar bu fazilatlar mavjud bo‘lsa, u qaysi oiladan ekanligidan qat’i nazar qabul qilinadi”, — deydi Surxondaryo viloyati futbol federatsiyasi rahbari va Eldor Shomurodovning akasi Sanjar Shomurodov.

Hozirgi kunda akademiyada 132 nafar bola tahsil olmoqda. Qabul har yili iyul va avgust oylarida o‘tkaziladi. Akademiyaga 12 yoshdan boshlab, avval sport maktabida mashg‘ulotlarga qatnashgan bolalar qabul qilinadi.

Bu yerda futbol shunchaki texnika va tezlik emasligini, xarakter va iroda ham muhim ekanini yaxshi tushunishadi. Bolalar bilan psixologlar ham ishlaydi. G‘alaba yoki mag‘lubiyat bolalarga turlicha ta’sir etadi, shuning uchun ular o‘zlarini doimo qo‘llab-quvvatlangan his qilishi muhim.

Agar kimdir qiyinchilikka duch kelsa, unga jadvalga moslashtirilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar belgilanadi. Bolalar kundalik mashg‘ulotlardan tashqari sport zalida ham shug‘ullanib, nafaqat jismonan, balki ruhiy jihatdan ham mustahkamlanish imkoniga ega.

“Futbol” deb nomlangan orzu

Zayniddin Amadullaev 12 yoshda. U bir necha yildan beri akademiya mashg‘ulotlariga qatnashadi va jamoasi bilan birga o‘sib bormoqda.

“Otam sababli futbolga muhabbat qo‘ydim. Yetti yoshimdan beri har kuni mashq qilaman, har kuni o‘zimni yaxshilashga intilaman. Hozircha katta qiyinchiliklar yo‘q, kuniga taxminan uch soat futbol bilan shug‘ullanaman va Eldor akam kabi kuchli futbolchi bo‘lishni orzu qilaman”, — deydi Zayniddin.

Bolalardan orzulari nima ekanligini so‘rasangiz, javob deyarli bir ovozdan: professional futbolchi bo‘lish.

Ularning so‘zlarida shubha yo‘q — faqat samimiylik va tinimsiz ishlashga tayyorlik seziladi.

“Futbolda tez natijalar bo‘lmaydi. Bugun qattiq mehnat qilib, ertasi kuniyoq muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Yillar davomida intizom bilan ishlash va harakat qilish kerak, va natijalar faqat vaqt o‘tishi bilan keladi”, — deydi Sanjar Shomurodov.

Akademiyaning asosiy maqsadi — eng yuqori darajada raqobatlasha oladigan professional futbolchilarni tarbiyalash. Keyingi besh yil ichida rahbariyat Superligaga kamida 20 nafar yangi futbolchini tayyorlashni rejalashtirgan.

Hamisha yoningizdagi ko‘mak

Eldor Shomurodov va TBC Bankni umumiy maqsad birlashtirdi — bolalarga o‘zlariga ishonishga va yo‘l uzoq bo‘lsa-da, orzularidan hech qachon voz kechmaslikka yordam berish.

Bugun yigitlar maydonga tushadi, i, pas berishni mashq qiladi, intizom va jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini o‘rganadi. Ba’zilar uchun bu shunchaki mashg‘ulot, ammo ular uchun bu katta orzu sari yana bir qadamdir.

Va ehtimol, bir necha yildan so‘ng biz xalqaro maydonda shu yerda — Surxondaryodagi maydonda, bolalikdagi ishonch va kerakli paytda yonlarida bo‘lgan kattalarning qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘z yo‘lini boshlagan futbolchini ko‘ramiz.

Reklama huquqi asosida

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha