date

Anchelotti Vinisiusni maqtadi

Anchelotti Vinisiusni maqtadi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Vinisius Jr'ni qat'iy qo'llab-quvvatlab, "Real Madrid" hujumchisi eng yirik bahslarda ham eng ishonchli o'yinchilardan biri bo'lib qolayotganini aytdi. Italiyalik murabbiy qanot futbolchisi yirik o'yinlar taqdirini hal qila olishini allaqachon ko'rsatganini va u yana terma jamoasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishiga ishonishini bildirdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Radio MARCA'ga bergan izohlarida Anchelotti Vinisius bosim yuqori bo'lgan o'yinlarda deyarli hech qachon ko'rinmay qolmasligini aytdi. Uning ta'kidlashicha, yangi avlod o'zining to'liq merosini yaratishi uchun hali vaqt kerak, ammo u 25 yoshli futbolchi chorak final va yarim finallarda qayta-qayta natija ko'rsatganini urg'uladi. Anchelotti uchun aynan shu ko'rsatkich Vinisiusni Jahon chempionati oldidan Braziliyaning asosiy qurollaridan biriga aylantiradi.


Murabbiy hujumchining maydondagi hissiy holatlari borasidagi xavotirlarni ham pasaytirdi. U Vinisiusda vaqti-vaqti bilan keskin holatlar bo'lganini, jumladan Ispaniyada maydondan chetlatilganini tan oldi, biroq bunday voqealar odatiy holat emas, balki istisno ekanini aytdi. Anchelottining fikricha, stavka eng yuqori bo'lgan pallalarda braziliyalik futbolchi diqqatini yo'qotmaydi.

Anchelotti Vinisiusning shaxsiyatini ham maqtadi va uni quvnoq, kamtar hamda iste'dodli deb ta'rifladi. Kelajakka nazar tashlar ekan, u yulduz futbolchi tarkibga tanlansa, yirik turnaqadan zavq olishini kutayotganini aytdi. Braziliya tayyorgarlikni 26 mart kuni Fransiyaga, 1 aprel kuni Xorvatiyaga va 7 iyun kuni Misrga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari bilan davom ettiradi, shundan so'ng C guruhi doirasida Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi kampaniyasini boshlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Vinisiusni maqtadi