12:47 / 11.01.2020
3 926

O‘zbekistonda vodorod peroksidi ishlab chiqaruvchi zavod quriladi

O‘zbekistonda vodorod peroksidi ishlab chiqaruvchi zavod quriladi
Energetika vazirligi va Uzbekistan Hydrogen Peroxide MCHJ QK tomonidan O‘zbekistonda vodorod peroksidi ishlab chiqarish bo‘yicha zavodni qurish bo‘yicha yangi loyihaga start berildi.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, Uzbekistan Hydrogen Peroxide gazga chuqur ishlov berish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish maqsadida maxsus tashkil qilingan ishlab chiqarish kompaniyasidir.
Zamonaviy zavod yiliga 50 ming tonna yuqori sifatli, ham ichki, ham tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan mahsulot ishlab chiqaradi.

Loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekistonda to‘liq vodorod peroksidi importining o‘rnini bosishga, mahsulotning bir qismini MDH mamlakatlariga va uzoq xorij davlatlariga eksport qilishga, shuningdek qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.

Ushbu mahsulotga tibbiyot, to‘qimachilik, sellyuloza-qog‘oz va tog‘-kon sanoatlarida, oqova suvlari aeratsiyasi korxonalarida, oziq-ovqat mahsulotlariga qayta ishlov berish, chiqindilarga ishlov berish sohalarida talab katta, ayni paytda u texnik va ekologik xavfsizlikning barcha talablariga javob beradi.

Loyihaga sarflanadigan investitsiyalarning umumiy hajmi 40 mln. AQSH dollarini tashkil etadi va u ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqich – vodorod peroksidi (N2O2) ishlab chiqarish zavodini qurish;
ikkinchi bosqich - perkarbonat natriy (Na2CO3•1,5H2O2) ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurish.

Loyiha Navoiy EIZda amalga oshiriladi va 2021 yilning bahorida zavodning ishga tushirilishi rejalashtirilgan, deyilgan vazirlik ma’lumotida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda vodorod peroksidi ishlab chiqaruvchi zavod quriladi