03:13 / 20.09.2017
6 902

Meksikada 7,4 magnitaduli zilzila yuz berdi

Meksika janubida kuchli – 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda «AQSh Geologiya» xizmatiga tayanib «Daryo» ma’lum qildi.
Meksikada 7,4 magnitaduli zilzila yuz berdi
Reuters’ning hodisa guvohlariga asoslanib xabar berishicha, poytaxt Mexikoda ko‘plab odamlar qimirlashni boshlagan binolarni tashlab qochib chiqqan.

Shaharda xalqaro aeroport vaqtincha yopilgan. Mamlakat prezidenti Enrike Penya Neto Nyu-Yorkda davom etayotgan BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishidagi ishtirokini to‘xtatib, zudlik bilan Meksikaga qaytgan.

Zilzila o‘chog‘i joylashgan Puebla shtati gubernatori Toni Galining ma’lum qilishicha, hududda bir necha binolar jiddiy zararlangan. Hududdagi barcha maktablar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikada 7,4 magnitaduli zilzila yuz berdi